Jahon banki prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalarning dunyo iqtisodiyotiga ta’siri haqida gapirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bank rahbari Devid Melpassning so‘zlariga ko‘ra, taqiqlar butun dunyo YAIMga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Fikrimcha, jahon YAIMga aynan Rossiyaga qarshi sanksiyalar katta ta’sir qiladi”, – degan u.
Shu bilan birga uning fikricha, Rossiya energetika resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishi to‘xtashidan aziyat chekkan davlatlar tez orada iqtisodiyotini qayta tiklab olish imkoniyatiga ega. Xususan, qishloq xo‘jaligi bir yil atrofida avvalgi holatiga qaytishi mumkin.
Avvalroq butun dunyoda xomashyo narxlari ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar berligandi.


