Janubiy Koreya Rossiya va KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi.
Cheklovlar qurol-yarog‘, neft va yoqilg‘i mahsulotlarining noqonuniy savdosi, raketa ishlab chiqapish va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini buzuvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi kemalar, kompaniyalar hamda ularga aloqador Rossiya va Shimoliy Koreya rasmiylarini o‘z ichiga olgan.
Seul tomonidan sanksiyalarning kuchaytirilishi 19 iyun kuni Pxenyanda Kim Chen In va Vladimir Putin tomonidan Rossiya-KXDR kelishuvining imzolanishiga javob hisoblanadi.


