El Espanol nashrining xabar berishicha, 23 dekabr kuni "Ursa Mayor" kemasining dvigatel bo‘limida portlash sodir bo‘lgan. Kema Ispaniya va Aljir o‘rtasidagi xalqaro dengizda cho‘kib ketgan. Ekipajning 14 nafar aʼzosi qutqarilib, Kartaxena portiga yetkazilgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan.
Kema 11 dekabr kuni Sankt-Peterburg portidan chiqib, 22 yanvar kuni Vladivostokka yetib borishi kerak bo‘lgan.
Mediazona nashrining yozishicha, mazkur kema ko‘p yillar davomida Rossiyaning Suriyadagi harbiy guruhini taʼminlash uchun yuk tashishda foydalanilgan.


