Qo‘shiqchi Filipp Kirkorov, yumorchilar Evgeniy Petrosyan va Vladimir Vinokurning Latviyaga kirishi taqiqlandi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Twitterda ma’lum qildi.
“Immigratsiya to‘g‘risidagi qonunning 61-moddasi 2-bandidan kelib chiqib, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Kirkorov F., Vinokur V., Petrosyan E. va Usmonova I.ni Latviya Respublikasiga kiritmaslika qaror qilindi”, — degan u.
Xabarga ko‘ra, cheklovlar noma’lum muddatga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kirkorov va qo‘shiqchi Polina Gagarinaga Estoniyaga kirish taqiqlangan edi.


