“Google”ning xabar qilishicha, Rossiyadagi “Coldriver” yoki “Callisto” nomi bilan tanilgan xakerlar guruhi Sharqiy Yevropaning bir qancha mamlakatlaridagi NATO o‘quv markazlari va harbiy tashkilotlarga hujum qilgan.
Kiberhujumlar “Google”ning tahdidlar bo‘yicha razvedka bo‘limi (TAG) tomonidan aniqlangan.
“TAG birinchi marta bir necha Sharqiy Yevropa davlatlari harbiy ma’muriyatiga, shuningdek, NATOning malaka oshirish markaziga qaratilgan kiberhujumni qayd etdi”, — deyiladi xabarda.
Kompaniya xakerlar hujumi muvaffaqiyatli bo‘lgan yoki bo‘lmaganini haqida ma’lumot bermagan.


