1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Rossiyaning ayrim hududlarida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin

Ularning haqiqatan muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 25 noyabrdan 15 dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Rossiyaning ayrim hududlarida o‘qiyotgan talabalar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin

 

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, Rossiyaning (Ukraina bilan chegaradosh) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

 

Talabalar o‘qishi ular arizalariga muvofiq doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTM mos va turdosh (mos va turdosh bo‘lmagan taqdirda mazmunan yaqin bo‘lgan) taʼlim yo‘nalishiga ko‘chiriladi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) Davlat test markazi my.dtm.uz sayti («Rossiyadan o‘qishni ko‘chirish» bo‘limi) orqali qabul qilinadi.

 

Talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 2022-yil 25-noyabrdan 15-dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Talabalar o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror respublika OTM idoraviy bo‘ysunuvidan qatʼi nazar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

 

Fuqarolarning Rossiyadagi muayyan OTMda haqiqatda o‘qiyotganligi aniqlanmasa, ularning o‘qishi ko‘chirilmaydi.

 

O‘qishi ko‘chirilgan talabalar o‘qishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-o‘quv yili davomida bepul topshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика