Kecha, 29 dekabr kuni Rossiyaning havo hujumi oqibatida qurbonlar soni 39 kishiga yetgan, 159 kishi jarohatlangan. Bu haqda mamlakat Prezidenti Zelenskiy maʼlum qildi.
"Hujum oqibatlarini bartaraf etish davom etmoqda. 120 ga yaqin shahar va qishloqlarda yuzlab fuqarolik obyektlari zarar ko‘rdi", — deb yozgan Ukraina rahbari.


