1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyaning Ukrainaga zarbalari oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari hujumlar poytaxtning yetti tumanidagi obyektlarga zarar yetkazganini bildirgan.

Rossiyaning Ukrainaga zarbalari oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi

 

 

Rossiya kuchlarining shanba tongida amalga oshirgan raketa va dron hujumlari Ukraina poytaxti Kiyev hamda unga tutash hududlarda talafotlarga sabab bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, kamida bir kishi halok bo‘lgan, yana 23 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.

 

Kiyev meri Vitaliy Klichko hujumlar oqibatida shaharning o‘zida 22 kishi jarohatlangani, ularning 12 nafari shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Shuningdek, zarbalar sabab 2 600 dan ortiq turar joy binolari, 187 ta bolalar bog‘chasi va 138 ta maktab issiqlik ta’minotisiz qolgan.

 

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko hujumlar poytaxtning yetti tumanidagi obyektlarga zarar yetkazganini, kamida beshta ko‘p qavatli uy shikastlanganini bildirdi. Elektr ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlar sabab xususiy energetika kompaniyasi DTEK favqulodda elektr o‘chirish choralarini joriy etdi.

 

Kiyev viloyatida ham vaziyat keskin bo‘lib, viloyat rahbari Mykola Kalashnik ma’lum qilishicha, hujumlar natijasida bir kishi halok bo‘lgan, yana bir fuqaro jarohatlangan. Zarbalar muhim infratuzilma obyektlari, savdo nuqtalari va turar joy binolarini nishonga olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика