Amerikalik tahlilchilar Rossiyaning yadroviy raketasi qayerda joylashganini aniqladi.
“Burevestnik” qanotli raketasi Vologdadan 70 km g‘arbda va Moskvadan 500 km shimolda joylashgan Vologda-20 harbiy shaharchasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Amerikalik mutaxassislar Planet Lab‘ning sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi.
Ushbu suratlarda Vologda-20 yadroviy kallaklarini saqlash bunkerlari yonida qurilgan to‘qqizta uchirish maydonchasi ko‘rsatilgan. Bir qator tahlilchilarning fikriga ko‘ra, ushbu obyektlar katta statsionar raketa tizimi uchun qurilgan, Rossiyadagi bunday yagona loyiha esa “Burevestnik”.
Amerika maʼlumotlariga ko‘ra, 2017-2019 yillarda Rossiya Federatsiyasi “Burevestnik”ning kamida 13 ta sinovini o‘tkazgan, ulardan faqat ikkitasi qisman muvaffaqiyatli bo‘lgan. 2023 yil oktyabr oyida Putin Rossiya yadroviy “Burevestnik”ni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini eʼlon qilgan edi.


