1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Ro‘zadorlarga taom tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Bu bo‘yicha JSST tavsiyalari eʼlon qilindi.

Ro‘zadorlarga taom tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha eʼlon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarni ham o‘z ichiga oladi.

 

Jumladan, yog‘li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go‘sht, qatlamali, yog‘/margarin yoki sariyog‘ qo‘shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar isteʼmolini kamaytirish kerak.

 

Masalliqlarni qovurish o‘rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug‘da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog‘da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

 

Tarkibiga meʼyordan ortiq tuz qo‘shilgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilmang. Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go‘sht, baliq mahsulotlari, zaytun mevasi, sho‘r bodring, tuzli pishloqlar, gazaklar, mayonez, ketchup va xantal qo‘shilgan salatlar hamda souslar shular jumlasidandir.

 

Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo‘yish tavsiya etiladi.

 

Pishirilayotgan taomlar taʼmini yaxshilash uchun turli o‘t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика