1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Rubl kursining pasayishi Qozog‘iston tengesining qadrsizlanishiga sabab bo'ldi

Qozog‘iston valyutasi 2022-yil iyun oyi oxiridan beri rublga nisbatan deyarli 90 foizga o‘sdi.

Rubl kursining pasayishi Qozog‘iston tengesining qadrsizlanishiga sabab bo'ldi

 

O‘tgan haftada rublning qisqa muddatli qulashi fonida Qozog‘iston tengesining kursi boshqa jahon valyutalariga qaraganda ko‘proq tushib ketdi, bundan yagona istisno Argentina pesosi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Biroq 18-avgustga kelib rubl va tengening boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan qiymati biroq ko'tarildi. Natijada Qozog‘iston valyutasi besh kunlik yo‘qotishlardan so‘ng deyarli 2 foizga qimmatlashdi.

 

Qozog‘iston Markaziy banki tenganing qadrsizlanishi “rublning zaiflashishiga munosabat” degan xulosaga keldi, dedi agentlikka regulyator rahbari o‘rinbosari Aliya Moldabekova. 

 

“Shubhasiz, rubl va tengening dollarga nisbatan munosabati bor. Ammo biz endi avvalgidek yuqori yoki chiziqli korrelyatsiyani ko'rmayapmiz”,  — dedi u.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tenge kursining pasayishi sabablaridan biri rublning dastlabki tushib ketganidan keyin uning yana-da zaiflashishini kutgan holda eksportchilarning xorijiy valyutani sotishni istamasligi bo‘lgan. Moldabekovaning qoʻshimcha qilishicha, yirik soliq toʻlovlari amalga oshirilishi kerak boʻlgan bir paytda dollarga boʻlgan talabning oʻsishi “turbulentlik yanada kuchaygan”.

 

Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil iyun oyi oxiridan beri Qozog‘iston valyutasi rublga nisbatan deyarli 90 foizga o‘sdi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq migrantlar rublning qadrsizlanishi sababli Rossiyadan ketishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика