Tatariston rais Rustam Minnixonov amaliy tashrif bilan Qoraqalpog‘iston respublikasiga keldi. Bu haqida "Tatar-inform" AA xabar berdi.
Rustam Minnixonovni avtonom viloyat poytaxti Nukus shahri xalqaro aeroportida Qoraqalpog‘iston respublikasi parlamenti raisi Amanbay O‘rinboyev va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanovlar kutib oldi.
Bugun respublika rahbari boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi qator korxonalarga tashrif buyuradi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston rahbariyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.


