1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva 2026-yilgi “Insoniy birodarlik” sovrindorlarini tabrikladi

Zarqa Yaftalini alohida tilga olinib, uning qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilishdagi ko‘p yillik faoliyati orqali insonlar taqdiri va butun hamjamiyatlar kelajati o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva 2026-yilgi “Insoniy birodarlik” sovrindorlarini tabrikladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2026-yilgi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti sovrindorlarini tabrikladi. Mirziyoyeva ushbu tadbirda hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lish va sovrindorlarni taqdirlashni katta sharaf deb bildirdi.

 

Mirziyoyeva ta’kidlashicha, tinchlik va qizlarning ta’lim olish huquqi jamiyat barqarorligi va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq qadriyatlardir. Shu bilan birga, Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuvi uzoq yillik murakkab nizolarni ham hal etish mumkinligini yaqqol ko‘rsatdi.

 

U 2026-yilgi sovrindorlardan Zarqa Yaftalini alohida tilga olib, uning qizlarning ta’lim olish huquqini himoya qilishdagi ko‘p yillik faoliyati orqali insonlar taqdiri va butun hamjamiyatlar kelajati o‘zgarishi mumkinligini ta’kidladi.

 

“Men uchun tinchlik ham, qizlarning ta’limga bo‘lgan huquqlari ham jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim qadriyatlardir” — deydi Saida Mirziyoyeva.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика