1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva: “Har bir ayol o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yarata olamiz”

Avazada o‘tgan xalqaro konferensiyada xotin-qizlar huquqlari, tenglik va qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva: “Har bir ayol o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yarata olamiz”

 


Avazada "Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, teng huquqlilik va xotin-qizlar hissasining jamiyatdagi o‘rni tarixan chuqur ildizlarga ega ekanini ta’kidladi. U tadbir davomida O‘zbekistonda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim va biznesdagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

 

Mirziyoyeva o‘z chiqishida ayollarning huquqlarini himoya qilishda o‘zaro birdamlik va qo‘llab-quvvatlashning muhimligini alohida qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda ayollarga qulay sharoit yaratish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Konferensiya ishtirokchilari bu boradagi xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.

 

“Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan har bir ayol o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yarata olamiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva. U bu jarayonda hamkorlik, ma’rifat va qo‘llab-quvvatlash asosiy omillar ekanini qayd etdi. Konferensiya xotin-qizlar mavzusida global fikr almashuv maydoniga aylandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика