1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi

10:44 / 25.08.2023

919

Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi

Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi

Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

 

– Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga;

 

– Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga;

 

– Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 

– Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 

– Shuxrat Madaminovich G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 

– Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 

– G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;

 

– Doniyor Baxtiyorovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

 

– Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga;

 

– Odil Qalandarovich Abduraxmanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga;

 

– Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga;

 

– Alisherbek Azizovich Paygamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimiga;

 

– Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot taʼminoti departamentining rahbari lavozimiga;

 

– Utkirjon G‘ayratovich Kodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga;

 

– Ulugbek Uchkunovich Kurbanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari lavozimiga;

 

– Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimiga;

 

– Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика