1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘quvchilar darsda qarta o‘ynadi

Holat Toshkent shahrida sodir bo'lgan.

O‘quvchilar darsda qarta o‘ynadi

 

Toshkentda maktab o‘quvchilari sinfda qarta o‘ynagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 23 aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta’lim maktabida 8-"B" sinf o‘quvchilari tomonidan tarix fani darsi chog‘ida sodir etilgan. Dars jarayoniga xalaqit qilib, "qartabozlik" qilgan to‘rt nafar o‘quvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma’muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

O‘quvchilarning ota-onalariga MJtKning 47-moddasiga asosan jarima qo‘llanildi. 8-"B" sinf rahbari N.B.ga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика