1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Saloh: Barchaning hayoti muqaddas va u himoya qilinishi kerak

“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan mojaro haqida gapirdi.

Saloh: Barchaning hayoti muqaddas va u himoya qilinishi kerak

 

“Liverpul” futbolchisi Muhammad Saloh Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan mojaro haqida gapirdi.

 

"Bunday paytda gapirish har doim og‘ir. Juda ko‘p zo‘ravonlik va yurakni ezuvchi shafqatsizlik davom etmoqda. So‘nggi haftalardagi keskinlikni kuzatish dahshatli bo‘ldi. Barchaning hayoti muqaddas va u himoya qilinishi kerak. Bunday hodisalarni to‘xtatish kerak. Oilalar parchalanmoqda.

 

Hozir aniq bo‘lgan narsa shuki, zudlik bilan G‘azoga gumanitar yordam yetkazish zarur. U yerda odamlar ayanchli sharoitda. Kasalxonadagi holatlar dahshatli edi. G‘azo aholisi zudlik bilan oziq-ovqat, suv va dori-darmonga muhtoj.

 

Men dunyo yetakchilarini begunoh insonlar yana qirg‘in qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiraman. Insoniyat g‘alaba qozonishi kerak", — dedi “Liverpul” klubi va Misr milliy jamoasi vingeri.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика