1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Samarada Amir Temur haykali o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda

Afsonaviy Temurning Oltin O‘rda xoni To‘xtamish ustidan Samara yaqinida qo‘lga kiritgan g‘alabasi toshga abadiylashtiriladi.

Samarada  Amir Temur haykali o‘rnatilishi  rejalashtirilmoqda

 

O‘zbekiston hukumati Amir Temurning g‘alabali janglaridan biri sharafiga Samara viloyatidagi Kondurcha daryosi yaqinida uning haykalini o‘rnatish rejalashtirilmoqda

 

Bu haqda sputniknews.ru. xabar qildi. 

 

Vazirlar Mahkamasi “Тarixdagi harbiy yurishlarni o‘rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Amir Temur va uning askarlari tasvirlangan kompozitsion yodgorlikni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish taklif qilingan.

 

Qaror loyihasi lex.uz saytida ham eʼlon qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, tanlov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda yodgorlik o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolanishi kutilmoqda.

 

Loyihani 2023 yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Avvalroq, Rossiyada “G‘amgin farishta” nomli tibbiyot qahramonlariga yodgorlik hamda Turkiyada "Xiva bobo" yodgorligi o‘rnatilishi haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика