Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 25 sentyabr kuni Qatarda XXII Islom dunyosi madaniyat vazirlarining “Islom olamida madaniy tadbirlarning yangilanishi tomon” mavzusidagi 12-konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etmoqda.



Konferensiya kun tartibida dunyo madaniy siyosatining yetakchi tamoyillari va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari, islom olamida insoniyatning barhayot boyliklari va anʼanaviy bilimlarini qadrlash, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga oid qator masalalar muhokama qilindi.
“Eng muhimi, konferensiya doirasida 2025-yil Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi. Bu maqom bizga yana bir karra dunyoga madaniy merosimizni namoyon etish imkonini taqdim etadi”, — deb yozdi vazir.





