1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqand davlat muzeyiga o‘ta noyob qadimiy eksponatlar sotib olindi

Samarqand shahrida “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida xarid qilingan ashyolar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand davlat muzeyiga o‘ta noyob qadimiy eksponatlar sotib olindi

 

Joriy yil 1-iyuldan aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan umumxalq aksiyasi o‘tkazilmoqda. Mazkur aksiya doirasida har yili davlat muzeylariga madaniy boyliklarni xarid qilish uchun mahalliy byudjetdan 500 million so‘mdan mablag‘ ajratilishi belgilangan.

 

 

"Ushbu ajratilgan mablag‘ hisobidan muzey ilmiy xodimlarining viloyat va respublika bo‘ylab ilmiy ekspeditsiyalari tashkil etilyapti. Ekspeditsiyalar natijasida 600 ga yaqin tarixiy va badiiy qimmatga ega noyob ashyolar topildi va ular muzey uchun xarid qilindi", — deydi Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori o‘rinbosari Mahmudxon Yunusov.

 

Ko‘rgazmada Payariq tumani hududidan topilgan miloddan avvalgi II asrga oid saklarning bronza qozoni, miloddan avvalgi II asrdan milodiy XIV asrga taalluqli 41 dona bronza oyna kolleksiyasi, XI asrga tegishli, asosan Qoraxoniy Ibrohim ibn Nasrning 180 dona kumush tanga kolleksiyasi, Chig‘atoy xonlarining 236 dona dinor va dirhamlari, o‘ndan ortiq rang-tasvir asarlari, shuningdek, tarixiy liboslar, kashta, fotoapparat, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ipak gilamlar, zargarlik mahsulotlari namoyish etildi.

 

 

Ushbu tarixiy ashyolar ko‘rgazma ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Xususan, miloddan avvalgi II asrga oid saklarning bronza qozoni va qoraxoniylarga tegishli noyob tangalar xorijdagi soha mutaxassislarining ham eʼtiborini tortgan.

 

 

Ko‘rgazma Madaniy meros agentligi, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan tashkil etildi.

 

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma 16 dekabrgacha davom etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика