1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqand va Namangan shaharlari respublikaga bo‘ysunuvchi hududga aylanadi

Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi.

Samarqand va Namangan shaharlari respublikaga bo‘ysunuvchi hududga aylanadi

 

Prezident Samarqand va Namangan shaharlarini alohida maʼmuriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi.

 

«Maʼmuriy islohotlar doirasida yana bir muhim tashabbusni ilgari surmoqchiman.

Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi.

Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham “o‘sish nuqtalari”ga aylanmoqda.

Bular orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda.

Ikkala shaharda ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylandi.

Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, taʼlim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida o‘z o‘rnini topmoqda.

Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida maʼmuriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qilaman», — Shavkat Mirziyoyev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика