“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.
“O’zbekiston temir yo‘llari"ning xabar berishicha, Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 28-avgust kunidan 3-sentabr kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi: Samarqanddan jo'nab ketish soa11:09 — Toshkentga yetib borish soat 13:19;
- 768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkentdan jo'nab ketish soat 13:40 — Samarqandga yetib borish soat 15:48.


