YTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32 yillik yig‘ilishining 2-kunida O‘zbekiston hukumati va YTTB o‘rtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun 49 million dollargacha miqdorda suveren kredit ajratish to‘g‘risida Bitim imzolandi.
Ajratilgan mablag‘ zaryadlovchi qurilmalar bilan birga 100 ga yaqin o‘rta o‘lchamdagi (10,5 m) elektrobuslarni sotib olish, shuningdek, elektravtobuslar parki, elektr stansiyasi, foydalanish uchun maʼmuriy binolar va texnik xizmat ko‘rsatish obyektlarini o‘z ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi.
Bu "Samarqand - yashil shahar" harakat rejasidagi birinchi loyiha bo‘lib, barqaror rivojlanish istiqbollari va strategik maqsadlarni hamda ustuvor ekologik muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan harakatlar va investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradigan muhim qadamdir.


