1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda 15 nafar bola doridan zaharlanib vafot etgani aytildi

Holatga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi izoh berdi.

Samarqandda 15 nafar bola doridan zaharlanib vafot etgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya taʼsirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rasmiy izoh berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, agentlik ushbu vaziyatni nazoratga olgan. Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzilgan.

 

Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritilgan.

 

Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka va limon va asal taʼmli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

 

Ushbu dori vositalarining O‘zbekistondagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtincha to‘xtatilgan va bu haqda “Quramax Medical” MCHJ tomonidan realizatsiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика