Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida vazni 2,2 kilogramm bo‘lgan kartoshka yetishtirildi, deya xabar bermoqda UzA.
Qayd etilishicha, 2023 yilda ilmiy tajriba stansiyasida 8 gektar maydonda kartoshka yetishtirilgan bo‘lsa, gektariga o‘rtacha hosildorlik 35-40 tonnani, yuqori hosildorlik esa 50-52 tonnani tashkil qilmoqda.
Dalalarda yetishtirilgan tuganak kartoshka vazni 2-2,2 kilogrammgacha kelmoqda. Shuningdek, 2023 yil hosili uchun 11 gektar maydonda kartoshkaning “Bog‘izog‘on”, “Ranomi”, “Evolyushin”, “Arizona”, “Silvana” va “Lusinda” navlari yetishtirilgan.


