1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Samarqandda 29 yoshli kelin o‘z joniga qasd qildi

U uksus ichib, zaharlangani aytilmoqda.

Samarqandda 29 yoshli kelin o‘z joniga qasd qildi

 

Samarqand viloyati prokuraturasining xabariga ko‘ra, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand shahri “Bog‘bonlar” mahallasi Yangravot ko‘chasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan N.M. “uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan RSHTTYOM Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. 

 

2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, ko‘zdan kechirilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy tekshiruvga yuborilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazoratga o‘rnatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика