Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchiligi natijasida jahl qilib, undan o‘ch olish maqsadida 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 ta qiz va 1 ta o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, shundan so‘ng erkak ushbu oshxona pichog‘i bilan tanasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib o‘ziga tan jarohati yetkazgan. Hozirda u shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


