Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, 2022 yilning 3 oktabr kunidan 4 oktabr kuniga o‘tar kechasi Pastdarg‘om tumanida yashagan 43 yoshli S.S. ota-onasi yashab kelayotgan uyning hovlisidagi daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Marhum S.S.ning o‘z joniga qasd qilgani sabablarini aniqlash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i, oila aʼzolari, qo‘ni-qo‘shni va mahalladagilardan tushuntirish xatlari olingan, tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan, xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


