1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda 9 oylik chaqaloqni o‘ldirgan ota 13 yilga qamaldi

U chaqaloqni yerga uloqtirib yuborgan va tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan.

Samarqandda 9 oylik chaqaloqni o‘ldirgan ota 13 yilga qamaldi

 

2021-yilning 20-oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi o‘gay ota 9 oylik chaqaloqni vahshiylarcha o‘ldirdi.


Aniqlanishicha, 2021-yilning 18-oktyabr kuni qotilning ayoli ishga deb uyidan chiqib ketgan. Ayoli 2 kun mobaynida uyiga qaytmagan va bundan o‘gay otaning jahli chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sudlanuvchi go‘dakni qo‘liga olib, yerga uloqtirib yuborgan va yana qayta belanchakka solib qo‘ygan.


Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolakayning jonsiz tanasining ko‘krak qafas chap sohasida qontalash joylarni, bosh yumshoq to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miya pardalari osti to‘qimasida qon quyilishi kabi jarohatlari aniqlangan. Ushbu jarohatlar o‘tmas tig‘li jism yordamida amalga oshirilgan.


Samarqand tumaning JIB tuman sudida ushbu qotillik bo‘yicha o‘gay otaga sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, fuqaro Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v", "j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra JKning 57-moddasini qo‘llagan holda o‘gay otaga 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика