Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy to‘rtlik davlatlari – Rossiya, Xitoy, Eron, va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi norasmiy uchrashuvi o‘tkazildi.
“Uchrashuv Afg‘oniston hududidan kelayotgan terrorizm tahdidlari va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish imkonini berdi”, deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Ishtirokchilar Afg‘onistondagi halokatli vaziyat uchun masʼuliyatni AQSH va uning ittifoqchilari zimmasiga yuklamoqda.
Tomonlar Afg‘oniston va uning atrofidagi mintaqada AQSH-NATO harbiy infratuzilma obyektlarini joylashtirish nomaqbulligini qayd etdi.


