1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda Amerikaga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Ayni vaqtda holat bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda Amerikaga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

 

Samarqandda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini va’da qilgani, ularning har biridan 12 000 AQSH dollaridan jami 24 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan vaqtida ushlandi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu pullar hisobidan 4 000 AQSH dollarining qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика