Xabarga ko‘ra, o‘quvchilar o‘tirgan sinfxonada bolalar tomonidan paqildoq portlatilgan. Shundan so‘ng, maktab директори kelib o‘quvchilardan birining qulog‘iga shapaloq tushirgan.
Jarohatlangan o‘quvchi shifoxonaga olib borilgan. Shifokor bolaning қулоқ пардаси teshilganini aytmoqda.
Maktab bolalarining aytishicha, paqildoq maktab oshxonasidan sotib olingan.
"Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi viloyat IIB xabarida.


