1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda direktor o‘rinbosari o‘quvchini kaltakladi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Samarqandda direktor o‘rinbosari o‘quvchini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchisini kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi.

 

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi o‘rganishlar olib borib, rasmiy munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, ushbu holat 26-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Sh. tomonidan sodir etilgan. U 8-“A” sinfga tarbiya fanidan dars o‘tish jarayonida o‘quvchi X.A. ning daftari yo‘qligi uchun urgani maʼlum bo‘lgan.

 

O‘qituvchi M.Sh. ushbu harakatlari  bilan tegishli qonunlarni  qo‘pol ravishda buzganligi uchun maktab direktorining tegishli buyrug‘iga asosan, unga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика