Maʼlumotlarga ko‘ra, ayol janjal oqibatida ota uyiga ketayotgan bo‘lgan. Erkak o‘zining mashinasida uning ortidan yetib olib, ko‘cha boshida xotinini bir necha marotaba pichoqlagan. Pichoq sinib ketganidan keyin, uning chakkasiga yerda yotgan tosh bilan urgan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkakka nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


