1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda imtiyozli ko‘mirni “pullayotgan” mansabdor ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Samarqandda imtiyozli ko‘mirni “pullayotgan” mansabdor ushlandi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ko‘mirtaʼminotMCHJning Samarqand filiali “Maroqand” ko‘mir ombori mudiri J.P. soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ehtiyojmand oilalarga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni fuqaro A.A.ga 37,5 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 13,2 tonna ko‘mirni ombor qorovuli X.J. yordamida yetkazib berib, kelishilgan pullar hisobidan 28 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика