1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Samarqandda janjalni tugatishga borgan inspektor kaltaklandi

11:45 / 27.11.2023

460

Samarqandda janjalni tugatishga borgan inspektor kaltaklandi

Samarqandda janjalni tugatishga borgan inspektor kaltaklandi

Bu ham yetmagandek, uning mashinasiga shikast yetkazishgan.

 

Samarqand shahrida janjalga chek qo‘yishga borgan profilaktika inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, 20 noyabr soat 19:30 da Samarqand shahar “Bunyod” mahallasida yashovchi fuqaro M.R. “102” operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, yashash xonadonida janjal bo‘layotganligini maʼlum qilib, profilaktika inspektorini yuborishni so‘ragan.

 

Shunga ko‘ra, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB profilaktika inspektori leytenant A.Toshpo‘lotov fuqaroning yashash xonadoniga borganida, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JKning bir necha moddalari bilan sudlangan fuqarolar M.R., uning opasi, turmush o‘rtog‘i va ukasi o‘zaro janjallashayotganligini ko‘rib, ularni ajratib, janjalga chek qo‘yish jarayonida, fuqarolar profilaktika inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatib, uni turli joylariga urib tan jarohati yetkazib, profilaktika inspektoriga tegishli bo‘lgan transport vositasining old oynasini sindirib moddiy zarar yetkazishgan.

 

Voqea joyi tegishli tartibda ko‘zdan kechirilib, fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика