Kecha, 9-fevral kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Qo‘shtamg‘ali, Jo‘shota, Katta Oqmasjid mahallalaridagi o‘nlab xonadonlar tomlari kuchli shamol taʼsirida uchib ketgan yoki zarar ko‘rgan. Yo‘llarni sel bosgan. Bu haqda hududda bo‘lib turgan Zamon.uz muxbiri xabar qildi.



Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisada oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar yo‘q.

Hozircha viloyat yoki tuman hokimligi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirmagan. Zamon.uz muxbirining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda viloyat hokimi boshchiligidagi masʼullar jabr ko‘rgan mahallalarda bo‘lib, oqibatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Tez orada holat yuzasidan batafsil reportaj eʼlon qilamiz.


