Qayd etilishicha, hali haydovchilik guvohnomasini olmagan maktab o‘quvchisi “Lacetti” rusumli avtomobilni maʼlum yo‘nalishda haydab borib, yo‘lning qatnov qismiga yugurib chiqqan voyaga yetmagan bolani urib yuborib, YTH sodir qilgan.
8 avgust kuni sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan bola olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
"Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266 moddasi, 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda", — dedi masʼullardan biri.


