Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Toyloq tumani Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Toyloq tumani “Go‘lba” MFY hududida yashovchi fuqaro F.J . tomonidan tuman hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalidan “Volvo” rusumli ekskavator hamda “KamAZ” yuk mashinasi yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan jarima qo‘llanildi hamda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar miqdori 158 million 100 ming so‘m etib hisoblandi.
Qoidabuzarlikda foydalanilgan maxsus texnika va transport vositalari vaqtincha jarima maydoniga joylashtirildi.


