Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Jo‘rabtepa mahallasida So‘g‘d madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topildi.
Ushbu ibodatxona tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, devorlarning saqlanib qolgan balandligi 3 M. Xonaga 5 ta eshik orqali kirish mumkin.
Xona devorlari diniy mavzudagi suratlar bilan bezatilgan bo‘lib, saqlanib qolingan tasvirlar orasida yuzi ovalsimon, quloq va qo‘llari esa zebu-ziynatlarga boy bo‘lgan maʼbudaning tasviri mavjud.
Arxeologlar fikricha, ibodatxona VII-VIII asrlarda faoliyat yuritgan, ammo 712 yilda arablarning Samarqandga yurishlari natijasida yoqib yuborilgan.


