1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda talaba yigitni mashina urib ketdi

U hodisa oqibatida vafot etgan.

Samarqandda talaba yigitni mashina urib ketdi

 

Samarqand viloyati IIB YHXB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa joriy yilning 21-may kuni soat 23:30 larda Samarqand shahar Alisher Navoiy ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Nexia-2 avtomashinasi haydovchisi Samarqand davlat universitetining 4-bosqich talabasi D.E.ni urib yuborgan.

 

Talaba yigit shahardagi tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Ammo, u olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

 

Hozirgi vaqtda viloyat IIB tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика