Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tarbiyalanuvchilarni hojatxonaga qo‘ymasdan, ularga tarbiyachi tomonidan psixologik bosim o‘tkazilayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Voqea joriy yilning 4 may kuni Samarqand shahridagi 38-davlat maktabgacha taʼlim muassasasida sodir bo‘lgan. DMMTning 2-katta guruhi tarbiyachisi M.Ya. mashg‘ulot paytida hojatxonaga borishni so‘ragan bolaga qo‘pol muomalada bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mutasaddilari psixolog ishtirokida tarbiyachi bilan suhbat o‘tkazib, pedagogning odob-axloq qoidalari tushuntirilgan va qatʼiy ogohlantirilgan.
38-davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi M.Ya.ga tashkilot ichki tartib qoidalariga amal qilmaganligi hamda ish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun Mehnat kodeksining tegishli bandlariga ko‘ra intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.


