Ijtimoiy tarmoqda Samarqanddagi bog‘chada 2 yashar qizchaning qo‘llari ko‘kartirib tashlangani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan oilaviy bolalar bog‘chasida joriy yilning 20 may kuni 22 yoshli guruh tarbiyachisi Q. M. xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi A. Sh. ni boshqa tarbiyalanuvchi Z. K. qo‘llaridan tishlab, turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan A. Sh. ning onasi M.S 2024 yil 20 may kuni Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Sh. ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.


