1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi cho‘milish havzasi ochilishida raqsga tushgan qizlar ishi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi

Samarqand viloyati IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Samarqanddagi cho‘milish havzasi ochilishida raqsga tushgan qizlar ishi bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi

 

Avvalroq Samarqandda ochilish marosimida ayollar behayo raqsga tushgan cho‘milish havzasi masʼullariga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgani haqida xabar berilgandi.

 

IIV matbuot kotibining maʼlum qilishicha, mazkur holat IIV tomonidan o‘rganilganda maʼlum bo‘lishicha, ushbu kelishilmagan jamoat tadbiri turli tartib buzilishlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olgan holda, mazkur holat Samarqand viloyati IIB tomonidan o‘rganilib, tadbir tashkilotchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida xavfsizlik choralari ko‘rilishi zaruriyati haqida qatʼiy ogohlantirilgan.

 

Shuningdek, xabarda aks etgan, tadbirda ishtirok etgan ayollarga nisbatan teri-tanosil kasalliklari ko‘rigidan o‘tkazilganligi va OITS/OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumot, viloyat IIB matbuot kotibi J. Sagdullayev tomonidan shoshmashosharlik bilan vaziyatni to‘liq o‘rganmagan holda tayyorlanganligi aniqlangan.

 

Taʼkidlanishicha, tadbir ishtirokchilarining, shu jumladan ayollarning hech biri tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan va ularga nisbatan huquqiy taʼsir choralari qo‘llanilmagan.

 

Hozirda Ichki ishlar vazirligi tomonidan viloyat IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика