Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi parranda fabrikasida portlash sodir bo‘lgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar tarqalmoqda.
«Shunga ko‘ra, viloyat FVB masʼul xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Yaqin vaqtlarda qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi», — deyiladi FVV xabarida.


