Qayd etilishicha, bugun, 5 avgust kuni soat 14:00 da Payariq tumani “Go‘zal” MFYda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam binosining yonida ISUZU rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:05 da yetib borib, yong‘in soat 14:30 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.


