1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi YTHda 14 yoshli qiz vafot etdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Samarqanddagi YTHda 14 yoshli qiz vafot etdi

M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tgan qismida “VAZ-2107” va “Spark” avtomobillari ishtirokidagi YTHda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi.

 

Viloyat IIB YHXB bergan rasmiy maʼlumotga ko‘ra, “VAZ-2107” avtomobili haydovchisi yo‘lda qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilmoqchi bo‘lgan. Shu paytda “Spark” avtomashinasining yo‘liga chiqib ketgan va u bilan to‘qnashgan. Oqibatda “Jiguli” haydovchisining 2010 yilda tug‘ilgan qizi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика