1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddan qadimgi harbiy istehkom topildi

Uning miloddan avvalgi III-II asrga tegishli ekani aytilmoqda.

Samarqanddan qadimgi harbiy istehkom topildi

 

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidan miloddan avvalgi III-II asrga tegishli harbiy istehkom topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

 

Ushbu arxeologik topilma Past Darg‘om tumanning "Do‘stlik" mahallasi hududida joylashgan “Qo‘y tepa” tepaligi o‘rnidan topildi.

 

Ilmiy qidiruv jarayonida olimlar hududdan qalʼa devorlari, katta ko‘za, kosa, kichik haykalcha, muhr kabi noyob topilmalar topishgan.

 

Olimlarning taʼkidlashicha, ushbu tarixiy obyekt tashqi dushmanlardan himoyalovchi harbiy istehkom bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, Past Darg‘om tumani hokimligi tomonidan tepalikni tashqi taʼsir, yomg‘ir, qorlardan himoya qilish uchun tarixiy obyekt ustiga temir panjara o‘rnatilib, usti to‘liq yopiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика