Samarqanddan Toshkentga o‘qishga kelayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining talabasi YTH natijasida halok bo‘ldi.
Taʼkidlanishicha, talaba 2001-yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan.
“3-sentabr kuni o‘g‘lim X.Z. Toshkentga Nexia-3 avtomobilda o‘qishga ketayotgan edi. Yo‘lda avtomobil YTHga uchrashi sabab vafot etdi”, - deydi marhumning otasi.


