1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi yo‘lga qo‘yildi

11:57 / 20.05.2024

751

Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi yo‘lga qo‘yildi

Samarqanddan Toshkentga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi yo‘lga qo‘yildi

Bu uch kun davomida amal qiladi

 

"Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.

 

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 24-25-26 may kunlari 775/776-sonli "Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida "Afrosiyob" elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.

 

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

775-sonli "Samarqand — Toshkent" yo‘nalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli "Toshkent — Samarqand" yo‘nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

 

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика